
Xyoness yana “Bavariya” prezidenti bo‘ldi
Uli Xyoness “Bavariya” klubi prezidentligiga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu myunxeniklarning yillik yig‘ilishda ma’lum bo‘ldi.
Aytish kerakki 64 yoshli Xyoness o‘tkazilgan saylovda yagona nomzod bo‘ldi. U jami 98.5 foiz ovoz to‘plab 2019 yilga qadar “Bavariya” prezidenti etib saylandi.
Ma’lumot uchun, Xyoness 2014 yilning martida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib xibsga olingan va uch yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. 2016 yil fevralida esa ozodlikka chiqqan. Bu vaqt ichida klubni Karl Xopfner boshqarib borgan.
Fikrlar