Yakkakurashchilarimiz Bishkekda chempionlik jangini o‘tkazishadi

CHERY AUTO

Joriy yilning 11 mart kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Tecno

“Falco Fighting Chempionship” (FFC) turnirida jami 16 ta jang bo‘lib o‘tadi. Ulardan bittasi chempionlik jangi hisoblanadi. Unda o‘zbekistonlik Otabek Hamzaliev qirg‘izistonlik Baxtiyor Toychubaev bilan kuch sinashadi. Jang 63 kg vazn toifasida bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu kechada yana 6 nafar yakkakurashchimiz o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi.

66 kg: Ibrohim Bahromov (O‘zbekiston) – Temirlan Sultonaliev (Qirg‘iziston)

66 kg: Umidjon Rahimov (O‘zbekiston) – Kanat Keldibekov (Qirg‘iziston)

71 kg: Umid Sagdulaev (O‘zbekiston) – Rasul Mansurov (Qirg‘iziston)

77 kg: Jahongir Yorkulov (O‘zbekiston) – Belek Abdijaparov (Qirg‘iziston)

77 kg: Azam Ermamatov (O‘zbekiston) – Chingiz Chegirov (Qirg‘iziston)

84 kg: Shaxzod Xolmatov (O‘zbekiston) – Baktiyar Umetaliev (Qirg‘iziston)

Kechaning asosiy jangi 66 kg vazn toifasida qirg‘izistonlik Janibek Beyshebek uulu hamda qozog‘istonlik Anatoliy Zolotix o‘rtasida kechadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!