
Yakunlangan mavsumda eng ko‘p daqiqa harakat qilgan futbolchilar aniqlandi - Valverde etakchi!
"Real Madrid" va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde 2024/25 yilgi maydonda eng ko‘p daqiqa harakat qilgan futbolchi bo‘ldi. U jami 72 ta o‘yinda qatnashib, 6116 daqiqa maydonda to‘p surdi.
Ikkinchi o‘rinni "Manchester Yunayted" va Portugaliya termasi futbolchisi Brunu Fernandesh egalladi — u 66 ta uchrashuvda 5796 daqiqa o‘ynagan. Uchinchi o‘rinda esa "Milan" va Frantsiya termasi darvozaboni Mayk Menyan — 5624 daqiqa (63 o‘yin).
Top-5 ro‘yxatiga shuningdek, "Bavariya" va Germaniya termasi yarim himoyachisi Joshua Kimmix (5529 daqiqa, 64 o‘yin) hamda "Manchester Siti" va Xorvatiya termasi himoyachisi Yoshko Gvardiol (5459 daqiqa, 64 o‘yin) ham kirdi.
Fikrlar