
Yamal “Barsa”da ishkal chiqardi. U bir yulduz ketishini talab qilyapti
“Barselona” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash arafasida turgan Lamin Yamal klub rahbariyatiga kuchli ta’sir o‘tkaza boshladi.
Ispan matbuotining yozishicha, 17 yoshli futbolchining jamoa etakchilaridan hisoblangan Gavi bilan munosabati buzilgan va o‘rtadagi ziddiyat kuchayib bormoqda. Manbaga ko‘ra, Lamin Yamal Gavi bosh murabbiy Xans-Diter Flikning sevimli o‘yinchilaridan biri ekanini hazm qila olmayapti.
Bundan tashqari, 20 yoshli Gavi hali ancha navqiron bo‘lsa-da, jamoada juda katta ta’sir kuchiga ega va jamoadoshlari uning xarakterini qadrlab keladi.
Agar klub rahbariyati jamoada qaysi o‘yinchini olib qolish bo‘yicha bir qarorga kelish kerak bo‘lsa, mutasaddilar Kataloniyada Lamin Yamal qolishini ma’qul ko‘rishi aytilmoqda. Klub Gavini sotib yuborishga tayyor.
Bu o‘yinchiga hozirning o‘zida “Pari Sen-Jermen” jiddiy qiziqish bildirmoqda va transfer uchun katta summa yo‘naltirishga tayyor.
Fikrlar