Yamal “Barsa”ning 91 yillik rekordini yangiladi

  • 01.09.2026 16:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” hujumkor futbolchisi Lamin Yamal kataloniyaliklar safida 50 va undan ortiq gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu Ispaniya La Ligasining 3-turida “Rayo Valyekano” ustidan 5:2 hisobidagi yirik g'alaba bilan yakunlangan uchrashuvda sodir bo'ldi.

O'yinda dubly qayd etgan Lamin kataloniyaliklarning mashhur hujumchisi Xosep Eskolaga tegishli bo'lgan va 91 yil davomida saqlanib kelgan rekordni yangiladi.

Eskola 1935 yilda 20 yosh 356 kunligida “Barselona” safida 50-golini urgan edi. Shundan beri ushbu natijaga eng yaqin kelgan futbolchi argentinalik Lionel Messi bo'lgan — u 50-goldan iborat marrani 21 yosh 120 kunligida zabt etgan.

Lamin Yamal esa rekordni o'rnatgan paytda 19 yosh 49 kunlik edi.

Ispaniya chempionatidagi uchta uchrashuvdan so'ng “Barselona” 9 ochko to'pladi va turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!