Yamal Mbappe va Rafinyaning qaysi sifatiga havas qilishini aytdi
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal jamoadoshi Rafinya va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappening qaysi sifatiga havas qilishi haqida gapirdi.
- Boshqa futbolchilarda siz havas qiladigan qandaydir sifat bormi? Masalan, Mbappening tezligiga?
- Ha, menimcha, Mbappe va Rafinya bu jihatda men o‘rnak oladigan ikki futbolchi. Mashg‘ulotlarda Rafinya to‘pni oldinga uzatib, keyin shunday tezlikda yuguradiki, uni hatto uch kunda ham quvib yetib bo‘lmaydi. Mbappeda ham xuddi shunday. Ikkalasi ham juda tezkor futbolchilar.
Men va Pedri juda tezkor futbolchilar emasmiz va doimo «agar ularning tezligi bizda ham bo‘lganida, butun futboldan yorug‘lik yillari oldinda bo‘lar edik», deb gaplashamiz. Mbappe va Pedrining tezligini tasavvur qiling. Pedri shunday futbolchiga aylangan bo‘lardiki... Demoqchimanki, hech kim undan to‘pni tortib ololmasdi.
Menimcha, futbolda tezlik eng katta ahamiyatga ega. Oxir-oqibat, agar men sendan tezroq bo‘lsam, doimo birinchi bo‘lib kerakli joyga yetib boraman va gol uraman,- deya Yamalning so‘zlarini Movistar keltiradi.

Fikrlar