Yamal terma jamoadagi "Barselona", "Real" va "Atletiko" futbolchilarining munosabatlari haqida gapirdi

  • 12.09.2025 09:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal milliy terma jamoada boshqa ispan grandlari vakillari bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Amaldagi Evropa chempionlari sentyabr oyidagi yig‘inni taassurotli tarzda o‘tkazib, safarda Bolgariya (3:0) va Turkiya (6:0) terma jamoalari ustidan ishonchli g‘alaba qozonishdi.

- Terma jamoada "Barselona", "Real Madrid" va "Atletiko" futbolchilari bor, biroq hamma bir-biri bilan juda yaxshi munosabatda bo‘ladigan darajaga etganimizni ko‘ryapman. Biz do‘stmiz, o‘yinlar orasidagi tanaffuslarda birga vaqt o‘tkazamiz. Bu bizga yanada yaxshiroq o‘ynashimizga va futboldan ko‘proq zavq olishimizga yordam beradi, - dedi Yamal.

18 yoshli iste’dod egasi Ispaniya terma jamoasi safida o‘tkazgan 23 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 12 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!