Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yan Diomande «Real»da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga izoh berdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Real» hujumchisi Yan Diomande cheklangan o‘yin vaqtiga qaramay, murabbiy ishonchi ortib, maydondagi daqiqalari ko‘payayotganini aytdi.

Madridning «Real» jamoasida harakat qilayotgan Yan Diomande jurnalistlar bilan suhbatda klubda  kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat un uchun keskin o‘zgarmagan, chunki u hali ham mashg‘ulotlarda maksimal darajada ishlamoqda. Diomande ta’kidlashicha, katta bosim ostida o‘ynash unga yoqadi, chunki bu undan yanada ko‘proq mehnat qilishni talab qiladi va rivojlanishga undaydi.

«Eng muhimi, men «Real» sharafini himoya qilyapman. Bu eng yuqori talab va standartlarga ega klub. Murabbiy menga asta-sekin ko‘proq ishonch bildiryapti va maydondagi vaqtim ham ortib bormoqda», – deya qo‘shimcha qildi Diomande.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Yan Diomande Ispaniya chempionati doirasida «Real» tarkibida yetti o‘yinda maydonga tushdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q