Yana bir bokschimizning g‘alabasi "o‘g‘irlandi"!

  • 27.09.2026 11:04
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni paytda Aichi-Nagoya shahrida Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

-54 kg vazndagi bokschimiz Nigina Ōktamova chorak finalda taylandlik Natnicha Chongprongklang qarshi bahs olib bordi. Jang juda murosasiz tarzda oʻtdi. Ōktamova faol va zarbalar soni boʻyicha ham ustunlik qildi. Boz ustiga raqibasidan 3 raundda ochko ham olib tashlandi. Ammo gʻalaba Tailand vakilasiga keldi. Yakuniy hisob 2:3. Shu tariqa Ōktamova chorak finalda oʻz yurishini toʻxtatdi. Negadir taylandliklarga qarshi bahslar “ogʻir”kecyapti. Keca Samandar Olimovning ham gʻalabasi “ōgʻirlangan” edi. 

Eslatib oʻtamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Navbahor Hamidova va Parveen (Hindiston) qarama-qarshiligi kutib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!