Yana bir dzyudochimiz Parij-2024 ga litsenziya qo‘lga kiritdi!
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi sportchilar taqsimotini qayta shakllantirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Manbaga ko‘ra, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shukurjon Aminova -57 kg vazn toifasida litsenziatlar qatoridan joy oldi.
Shu tariqa, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida ilk bor 12 nafar sportchi bilan 13 dasturda (7 nafar erkak, 5 nafar ayol va 1 aralash jamoaviy) medallar uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.



Fikrlar