Yana bir futbolchimiz Evropa tomon yo‘l olmoqda. Uning yangi jamoasi Chempionlar ligasida harakat qiladi

  • 1 sentabr, 2024, 23:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" futbolchisi Diyor Xolmatov faoliyatini Evropada davom ettirishga yaqin turibdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Feyenoord" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida. Transfer deyarli hal bo‘ldi va tez orada e’lon qilinadi. Xolmatovga bundan oldin Italiyadan qiziqishlar borligi haqida mish-mishlar chiqqandi. Ammo u Niderlandiyaga yo‘l olmoqda. 

Diyor ushbu mavsum Superligada "Paxtakor" tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta assist amalga oshirgan. 

Eslatib o‘tamiz, "Feyenoord" o‘tgan mavsum chempionatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!