Asosiy mazmunga oʻtish

Yana bir kumush medalni qo‘lga kiritdik!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mahoratli suzuvchimiz Ilya Sibirsev mazkur musobaqada yana bir medalni naqd qildi. 200 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashgan hamyurtimiz 1:50.04 daqiqa bilan marraga ikkinchi bo‘lib keldi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Bu haqda MOQ xabar berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q