Yana bir o‘zbek futbolchisi "Old Trafford"da o‘ynaydi!
10 sentabr kuni UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda Angliyaning eng mashhur klublaridan "Manchester Yunayted" o‘z maydoni "Old Trafford"da Ozarbayjon chempioni "Sabah" futbolchilarini qabul qiladi.
Qog‘ozda favorit qaysi jamoa aniq ko‘rinadi, ammo bu bahs kutilganidek oson kechmasligi ham mumkin.
"Manchester Yunayted" 2023/2024 yildgi mavsumdan beri ilk bor Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga qaytdi. Shu bois Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoaning o‘ziyoq muxlislar uchun muhim yutuq hisoblanadi.
Biroq yangi mavsum startida mankunianlar qiynalmoqda. Ular "Xall Siti"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, "Ipsvich Taun" ustidan asabbuzar 5:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi va safarda "Everton"ga qarshi ochko yo‘qotdi.
Himoyada muammolar borligi yaqqol ko‘rinyapti. Savol shu: Ozarbayjon klubi bu kamchiliklardan foydalanа oladimi?
"Sabah" 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga yo‘l olishi klub tarixida xalqaro maydondagi ilk ulkan natija sifatida baholanmoqda.
Eng nufuzli qit’a musobaqasi saralashida jamoa "Nyu-Seynts"ni (2:0, 2:1), "KuPS"ni (1:0, 2:0), "Orxus"ni (1:2, 4:0) va Be’er-Shevadan "Xapo’el"ni (1:2, 5:2) bartaraf etdi. Chempionatda ham "Sabah" ketma-ket uch o‘yinda g‘alaba qozonib, raqiblar darvozasiga javobsiz sakkizta gol urdi. Umuman olganda, jamoa so‘nggi 14 uchrashuvning birortasini golsiz tark etmagan.
Statistik ma’lumotlar
– jamoalar ilgari biror marta to‘qnash kelmagan;
– "Manchester Yunayted" 2023/2024 yildgi mavsumdan buyon ilk bor Chempionlar ligasiga qaytdi;
– "Sabah" klubi tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga yo‘l oldi;
– "Sabah" saralash bosqichida "Nyu-Seynts", "KuPS", "Orxus" va "Xapo’el Be’er-Sheva "ni barcha bosqichlarda ikki o‘yin natijalariga ko‘ra mag‘lub etdi;
– "Manchester Yunayted" so‘nggi yettita uy uchrashuvining har birida ham gol urdi, ham gol o‘tkazib yubordi;
– "Sabah" so‘nggi 14 o‘yinning barchasida gol urgan;
– "Sabah" oxirgi ikki uchrashuvda umumiy 6:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Ekspertlar taxmini
Bu o‘yin "Sabah" uchun tarixiy ahamiyatga ega. Bunday vaziyatda "Manchester Yunayted" raqibni yetarlicha jiddiy qabul qilmaslik xavfi bor. "Sabah" futbolchilari "Xall" va "Ipsvich"dan gol o‘tkazgan jamoa darvozasiga yo‘l topa olishi kutilyapti.
Yana bir muhim jihati bu uchrashuvda "Sabah" tarkibida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev maydonga tushadi. Umarali bokuliklarning asosiy o‘yinchilaridan. Chempionlar ligasining saralash va pley-off bosqichida sakkizta uchrashuvning barchasida ishtirok etdi va o‘z hisobiga bitta dan gol va assist rasmiylashtirdi. 22 yoshli futbolchimiz Ozarbayjon chempionatida bitta o‘yinda ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar