Yana bir superfutbolchi “Siti”ga o‘tishga qaror qildi

  • 31.08.2026 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Liverpul” hujumkor futbolchisi Kodi Gakpo faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishga qaror qildi.

Joriy yozda “Liverpul”ni tark etishga moyillik bildirgan Gakpoga “Manchester Siti” va “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirgan edi. Biroq Gakpo “shporlar” taklifini rad etib, “shaharliklar” variantini tanladi.

The Athletic nashri ma'lumotiga ko‘ra, hozir barcha tomonlar Gakponing transferini kelishish ustida ishlamoqda. Bu transfer “Siti”ga Savio va Umar Marmushning ketishidan keyin hujumdagi yo‘qotishlarni qoplashga yordam beradi.

Gakpo 2023 yil yanvar oyida PSVdan  “Liverpul”ga 44 million funt sterlingga transfer qilingan edi. Shundan beri Kodi “qizillar” safidagi 180 ta o‘yinda 50 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Gakpo yangi mavsum Premier-ligasining dastlabki ikki uchrashuvida ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq hozir “Liverpul” PSJ hujumchisi Bradli Barkolani sotib olayotgani sababli, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchini qo‘yib yuborishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!