Yana bir superklub Serxio Ramosga eshigini ochmadi!

  • 07.02.2026 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jahon futbolida eng zo‘r markaziy himoyachilardan bo‘lgan Serxio Ramos hali ham o‘ziga jamoa topa olmay yuribdi. Meksikaning “Monterrey” klubida o‘ynab yurgan paytda 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etish g‘oyasi tug‘ilgan ispan futbolchisi o‘z maqsadini amalga oshirish uchun Evropaga qaytgandi.

Biroq hammasi ham Ramos rejalashtirgandek bo‘lib chiqmadi. 39 yoshli futbolchi bir necha klublar bilan muzokara o‘tkazgan bo‘lsa-da, ularning birortasini hamkorlikka ko‘ndira olmadi.

Foot Mercato va Radio Marca  kabi manbalar xabarlariga ko‘ra, “Real”ning sobiq sardori  yaqindagina mashhur klubga o‘z xizmatini taklif qildi. 39 yoshli Ramos “Marsel” rahbariyati bilan bog‘lanib, jamoa safida o‘ynash istagini bildirgan.

Biroq “Marsel” xo‘jayinlari uning bu taklifini qo‘llab-quvvatladi va katta ehtimol bilan Serxioning bu urinishi ham samara bermaydi.

Bundan tashqari, Ramos mavsum oxirigacha bepul ravishda “Sevilya”da o‘ynash istagini ham bildirgan, ammo andalusiyaiklar bunga rozi bo‘lmadi. Serxio ayni paytda o‘zini tarbiyalagan mazkur klubni sotib olishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!