Yana bir yulduz sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
"Lion" klubi prezidenti Jan-Mishel Olas "Real" hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirdi. Olas kelajakda frantsuzni "Lion" safiga qaytarmoqchiligini aytdi.
"Karim bizning yangi stadionimizda o‘ynamagan. Faoliyatini yakunlash arafasida balki yana jamoamizga qaytar. Men buni juda xohlardim.
Benzemaning "Real" va Frantsiya terma jamoasidagi faoliyati ajoyib. Bu bizning faxrimiz. U "Lion"ning bolasi", - deydi Olas.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi "Real"ga o‘tish oldidan "Lion" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar