
Yana Fayzullaevni tanlashdi
Rossiya Premer-ligasi vakili TsSKA futbolchisi Ivan Oblyakov faoliyati davomida o‘zi bilan o‘ynagan futbolchilardan ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.
Tajribali yarim himoyachi darvozaga Rossiya futboli afsonasiga aylanib ulgurgan Igor Akinfeevni joyladi.
- O‘ng tomonga baribir Marioni qo‘yaman, Mario Fernandesni. Himoya chizig‘idan yana Igor Diveev, Moyzes va Baxtiyor Zaynutdinov o‘rin oladi.
Shuningdek, Alan Dzagoev, Nikola Vlashich va o‘zim maydon markazida.
Uch nafar hujumchidan kimni tanlaymiz? Markaziy hujumchi Fyodor Chalov. Chap qanotda Konstantin o‘ynasin. O‘ng taraf hujumida Abbosbek Fayzullaev bo‘ladi, - dedi Ivan Oblyakov.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKAda o‘tgan yilning avgust oyidan beri o‘ynab kelmoqda. 20 yoshli futbolchimiz “armiyachilar” safidagi jami 18 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar