Yana bir taniqli bokschi Dmitriy Bivol bilan jang qilishni istamoqda

  • 06.10.2026 15:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyalik bokschi Ben Uittaker avstraliyalik Konor Uolles ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, rossiyalik Dmitriy Bivol bilan jang qilmoqchi. 

"Hammasi Eddi Hirn va murabbiy Endi Liga bog‘liq. Albatta, keyingi safar Bivol bilan to‘qnash kelishni istardim. Qanday bo‘lmasin, imkon qadar tezroq zalga qaytaman va ba’zi narsalarni to‘g‘rilab, ushbu bahsda 100% tayyor bo‘laman", - deya Uittakernig so‘zlarini keltirdi "vRINGe.com".

Ma’lumot uchun, Uittaker Uolles bilan jangdan so‘ng yarim og‘ir vazn toifasida (79,4 kg) IBF chempioni unvoni uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!