Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Yana uch yil shu jamoada o‘ynayman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga hammasi ma'qul keldi

“Nottingem Forest” yarim himoyachisi Ibraim Sangare klub bilan yangi uch yillik shartnoma tuzdi.

“Forest” 2023 yilda uni PSVdan 30 million funt sterling evaziga xarid qilgan edi. Bu investitsiya o‘zini to‘liq oqladi, chunki Sangare jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli ivuarlik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yin o‘tkazdi va jamoasining Yevropa Ligasi yarim finaligacha yetib borishida muhim rol o‘ynadi.

Bu yozda “Forest” markaziy yarim himoyadagi muhim futbolchisi Elliot Andersonni 116 million funt sterling evaziga “Manchester Siti”ga sotdi. Shu sababli klub Sangareni saqlab qolishni ustuvor vazifa deb bildi. Ayniqsa, unga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgani haqidagi xabarlar fonida bu muhim ahamiyat kasb etdi.

- Men bu yerda uch yildan buyon o‘ynayapman va shu vaqt ichida klub men uchun haqiqiy oilaga aylandi. O‘zimni juda yaxshi his qilaman, ko‘p narsani o‘rgandim va shu darajaga yetish uchun qattiq mehnat qildim. Yangi bosh murabbiy bilan ishlashni va yangi mavsumni intizorlik bilan kutyapman, - dedi Sangare.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q