“Yandex Uzbekistan” Proliganing rasmiy titul homiyiga aylanadi

  • 25.02.2026 17:30
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Liga “Yandex Uzbekistan” bilan strategik hamkorlik kelishuvini imzoladi. Bu haqida O'zPFL rasmiy sahifasida ma'lum qildi.

2026 yilning 25 fevral kuni “Yandex Uzbekistan” hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat futboli rivoji yo'lida keng qamrovli hamkorlik kelishuvini imzoladi.

“Yandex Uzbekistan” Proliganing rasmiy titul homiyisiga aylanadi. Bundan tashqari, Superligada rasmiy hamkor maqomiga ega bo'ladi. Endi Superliga va Proliga uchrashuvlari Allplay hamda Kinopoisk platformalari orqali namoyish etiladi.

Hamkorlik Yandex ekotizimi xizmatlari va brendlarini futbol media-muhitiga, stadionlar infratuzilmasiga hamda ligalar kommunikatsiya formatlariga kompleks integratsiya qilishni nazarda tutadi.

O'yin kunlari muxlislar uchun Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqa xizmatlar tomonidan maxsus aksiya va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, stadionlarda interaktiv tadbirlar yo'lga qo'yiladi, faol foydalanuvchilar va Yandex Go haydovchilari ishtirokida uchrashuvlardan oldin to'pga ramziy zarba marosimlari o'tkaziladi. Shuningdek, yangi film, serial va musiqiy relizlar prem'yerasiga bag'ishlangan maxsus loyihalar ishga tushiriladi.

Undan tashqari, raqamli hamkorlikni kengaytirish, qidiruv tizimida maxsus funksiyalarni joriy etish va shahar xizmatlari bilan qo'shma brend loyihalarini amalga oshirish masalalari ham ko'rib chiqilmoqda.

Hamkorlik doirasida yoshlar futbolini rivojlantirish va futbolga yangi auditoriyani jalb etishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarga alohida e'tibor qaratiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!