Yangi mavsum oldidan "Neftchi" jamoasining taqdimot marosimi o‘tkazildi

  • 5 mart, 2021, 22:11
  • 0
  • Futbol

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati arafasida “Neftchi” klubining mavsumoldi taqdimoti o‘tkazildi. Farg‘ona shahridagi “Islom Karimov” nomli teatr va kontsert saroyida tashkil etilgan tadbirda viloyat futbol federatsiyasi mutasaddilari, klub rahbarlari, futbolchilar, fan-klub a’zolari, muxlislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar qatnashdi.

Taqdimot marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini aytib o‘tdi. Ayniqsa, professional futbol klublarini shakllantirish, mazkur sport turini haqiqiy millionlar o‘yiniga aylantirish, istiqbolli va iqtidorli yosh futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish muhim vazifaga aylanganini ta’kidladi.

neftchi6

Joriy yilgi milliy chempionatning Superliga va pro-ligasida “Qo‘qon-1912”, “Turon“, “Neftchi”, “Istiqlol” jamoalari viloyat sharafini himoya qiladi. Viloyat hokimligi, viloyat futbol federatsiyasi, hokimliklar, sohaga daxldor boshqarmalar tomonidan professional futbol klublarining ichki va xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun reglament bo‘yicha qanday qoida va talablar qo‘yilgan bo‘lsa, ularni joriy etish, taalluqli sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Viloyatda sifatli sport zaxirasini shakllantirish bosh maqsad qilib qo‘yilgan.

Tadbirda “Neftchi” bosh murabbiyi Ilhomjon Mo‘minjonov so‘zga chiqib, e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar uchun viloyat hokimiga, homiy tashkilotlarga minnatdorchiligini bildirdi. Bu yil jamoa o‘z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qat’iy qo‘yganini, buning uchun avvalo tartib-intizomni mustahkalash va jamoa tarkibini kuchaytirish borasida murabbiylar shtabi tashkiliy chora-tadbirlarni olib borayotganini aytib o‘tdi.

neftchi1

– “Neftchi” futbol klubining moddiy-texnik bazasi mavjud, endi uni yanada mustahkamlash, zamonaviylashtirish kabi vazifalar oldimizda turibdi. Eng asosiysi, bu yil yana chiroyli o‘yinlarimiz bilan muxlislarni quvontiramiz, ularning ishonchini oqlaymiz, - dedi Ilhomjon Mo‘minjonov.

Taqdimot marosimida “Neftchi” PFK murabbiylari shtabi, mavsumda maydonga tushadigan futbolchilar, shu jumladan, tarkibga kelib qo‘shilgan legionerlar, jamoa libosi va “Neftchi” PFKning yangi logotipi bilan tanishtirildi.

neftchi7

Shundan so‘ng jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarning rasmiy tanishtiruv marosimi tashkil etildi. Quyida 2021 yilgi pro-liga musobaqasida ishtirok etadigan "Neftchi" futbolchilarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan:

Darvozabonlar: 1. Mashhurjon Muhammadjonov (“Nasaf”), 12. Shuhratillo Rahmonov, 45.Akbar To‘raev (“Surxon”).

Himoyachilar: 18. Saydullo Rahmatov (AGMK), 22. Umar Adhamzoda (“Neftchi”), 18.Shavkat Mullajonov (“So‘g‘diyona”), 33.Tohirjon Shamsitdinov (“Navbahor”), 2.Akmal Shorahmedov (AGMK) 4. Shodiyor Hojimatov, 5.Darko Stanoevich (“Loznitsa”), 44. Darko Stanoevich (“Surxon”).

Yarim himoyachilar: 8.Islombek Karimov, 17.Abdulloh Olimov, (“Andijon”), 7.Sobit Sindarov (“Qo‘qon-1912”), 6.Xudoyshukur Sattorov (“Metallurg”), 21.A’zamjon Aliev (“Surxon”), 14.Sherzod Karimov (“Surxon”), 11.Izzatilla Abdullaev (“Buxoro”), 10.Sardor Abdunabiev (AGMK), 77.Jasurbek Abdulbekov (“Bunyodkor”), 71.Ruslan Roziev (“Paxtakor”).

Hujumchilar: 25.Sarvar Soliev, (“Surxon”), 91.Marko Obradovich (“Oqjetpes”), 9.Otabek Zokirov (“Neftchi”), 99.Ulug‘bek Hoshimov (“Paxtakor”), 13.Abdul Aziz Yusupov (“Lokomotiv”).

"Neftchi" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!