
Yangi mavsumda APLda qaysi jamoa g‘olib bo‘ladi?
"Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi Rio Ferdinand APLning yangi mavsumida "Chelsi" chempion bo‘lishini taxmin qilmoqda.
“Chelsi”ning statistikasini ko‘rdingizmi? Ular keyingi mavsumda premer-ligada g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Tuxel kelgach, ular barcha jihatlarda ko‘rsatkichlarni yaxshilab oldi. Tuxel tuzgan jamoa haqiqatdan ham olqishga loyiq”, - dedi Ferdinand.
47 yoshli Tuxel “Chelsi”ni joriy mavsumning ikkinchi qismidan buyon boshqarib kelmoqda. Hozir “aristokratlar” APLda kuchli to‘rtlikda bormoqda. Bundan tashqari London grandi UEFA Chempionlar ligasi finaliga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Chelsi” 29 may kuni bo‘ladigan final uchrashuvida “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar