
Yangi mavsumda Frantsiya chempionatida nechta jamoa ishtirok etadi?
Frantsiyada klublar yangi 2020/21 yilgi mavsum qanday formatda o‘tkazilishi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishdi.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ovoz beruvchilarning 75 foizi yangi mavsumda Liga 1 dagi klublar soni ortishiga qarshi chiqqan. Tabiiyki, qolgan 25 foiz jamoa chempionatda 22 ta klub ishtirok etishini yoqlab ovoz bergan. Shu tariqa 2020/21 yilgi mavsumda ham chempionatda 20 ta klub ishtirok etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsum Frantsiya chempionati koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlangan va unda PSJ chempion deb e’lon qilingan edi.
Fikrlar