
Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi nechanchi o‘rindan joy oldi?
FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ro‘yxatda 1765 ochko to‘plagan Belgiya peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan esa Frantsiya (1733) va Braziliya (1712) terma jamoalari joy olishdi.
Hisobida 1286 ochko bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi esa o‘zi egallab turgan 85-o‘rinda qolgan. Bu esa Osiyoda 12-o‘rin hisoblanadi.
Fikrlar