Yaponiya hukumati "Tokio-2020" yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini xavfsiz o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda

  • 3 sentabr, 2020, 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Majlis uch asosiy masalaga: chegara nazorati, koronavirusning oldini olish va bu kasallik tez tarqalishi holatidagi choralarga bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, komissiya musobaqalar paytida sportchilar va rasmiy shaxslar harakatlanishini kuzatish uchun yangi mobil qurilmani joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Olimpiya o‘yinlari paytida Yaponiyaga kirish va mamlakatdan chiqish masalasida asosiy talab koronavirusdan manfiy test mavjudligi bo‘ladi.

Tecno

Yaponiya tomoni, shuningdek bo‘lajak muhokama paytida bevosita Olimpiadadan avval sportchilarning to‘planish qoidalarini ishlab chiqishi kerak. Kun tartibida kasallikka chalinganlar soni ortib ketganda tibbiyot muassasalarida etarlicha joy bo‘lishini hamda sport inshootlarida sportchilarning salomatligini nazorat qilish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Komissiya, shuningdek agar pandemiya kamaymaydigan bo‘lsa, stadionlarda tomoshabinlar sonini kamaytirish masalasini ham muhokama qilishi mumkin.

“Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. Bu musobaqalar uch asosiy tamoyil: xavfsiz muhitni ta’minlash, xarajatlarni kamaytirish, musobaqalar o‘tkazish tizimini soddalashtirish printsiplariga asosan o‘tkaziladi.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!