Yaponiya Meksikaga mag‘lub bo‘ldi. "Napoli" va "Vulverxempton" futbolchilari gol urdi (video)
Qit’adoshimiz hisoblangan Yaponiya terma jamoasi bu safar Shimoliy Amerikaning eng kuchli terma jamoasi – Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Afsuski, kun chiqar yurt vakillari bu o‘yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Meksikaliklarga g‘alaba keltirgan gollarni Raul Ximenes (64') va Irving Losano (69') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar