Yaponiyalik futbolchi "Eybar"ga qaytdi
Yaponiyalik yarim ximoyachi Takasi Inui "Betis" klubidan sobiq jamoasi "Eybar"ga qaytdi.
31 yoshli futbolchi klub bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi. Tanishtiruv marosimi dushanba kuniga mo‘ljallanmoqda.
So‘nggi mavsum, ijara asosida "Alaves" tarkibida to‘p surdi va 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol ham urdi.
Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik futbolchi 2015-2018 yillarda "Eybar" futbolchisi bo‘lgan.
Fikrlar