
Yaponiyalik futbolchi London klubi a’zosiga aylandi
Daiti Kamada "Kristal Pelas"ning yangi futbolchisiga aylandi. Yaponiyalik yarim himoyachi London jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U tibbiy ko‘rikdan ham o‘tib bo‘ldi. "burgutlar" yarim himoyachini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Transfer rasman tez orada e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, London jamosi bosh murabbiyi Oliver Glasner Kamada bilan "Ayntraxt Frankfurt"da ham 2 yil birga ishlagan.
27 yoshli yarim himoyachi "Latsio" safida yakunlangan mavsum 38 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 2 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar