Yaponiyalik "Monstr" yana ringga qaytmoqda

  • 20 avgust, 2020, 17:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

3 vaznda jahon chempioni yaponiyalik Naoya "Monstr" Inouening navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi. “Top Rank” raxbari Bob Arumning ma’lum qilishicha, Inoue o‘zining navbatdagi jangini Jeson Meloneyga qarshi o‘tkazadi va o‘zining WBA, IBF jahon chempionlik kamarini himoya qiladi. Ushbu to‘qnashuv noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tecno

Naoya Inoue (19-0, 16 KO) o‘ta engil (50.8 kg), super o‘ta engil (52.1kg) vaznda sobiq jahon chempioni hisoblanib, hozirda 53 kg vazn toifasida WBA va IBF, “The Ring” kamarlari, shu bilan birgalikda WBSS super seriyasi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek,  Muhammad Ali sovrinini ham qo‘lga kiritgan. Inoue o‘zining oxirgi jangini super seriya finalida Nonito Doneyrga (40-6, 26KO) qarshi o‘tkazib, shiddatli kechgan bahsda ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi.

Jeson Meloney (21-1, 18KO) joriy yilning 25 iyun kuni Leonardo Bizni (18-3, 9KO) 7-raundda nokautga uchratgan edi. U o‘zining yagona mag‘lubiyatini sobiq jahon chempioni Emanuel Rodrigesdan (19-1, 12KO) qabul qilib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!