Yaxshi mutaxassis ko‘chada qolmaydi!
PSJ rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan xayrlashishini ma’lum qildgan. Bunga parijliklarning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo‘lgani ham aytildi.
Marca nashrining xabar berishicha, argentinalik mutaxassis Parijda ketsa ham, ishsiz qolmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Pochettinoga Bilbaoning “Atletik” klubidan jiddiy taklif bo‘lmoqda.
Bask klubi o‘tgan mavsumni sakkizinchi pog‘onada yakunladi va Evrokuboklardan quruq qoldi. “Atletik” rahbariyati Pochettinoni bosh murabbiy qilib tayinlab, jamoani yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan darajaga olib chiqmoqchi.
PSJ mutasaddilari esa hamon Pochettino o‘rnini egallaydigan murabbiy qidiryapti.
Fikrlar