
Yaya Ture: "Bellingem 19 yoshga o‘xshamaydi"
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Yaya Ture "Borussiya Dortmund" yarimhimoyachisi Jud Bellingem haqida iliq fikrlar bildirdi. Turening fikricha, angliyalik vunderkind futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biriga aylanish arafasida turibdi.
"Bunday o‘yinchi himoyachilarni doim tashvishga solib kelgan. Ular Bellingem haqida xushyor turishlari talab etiladi. Judning o‘yinlaridan uni hech ham 19 yoshga o‘xshatmaysiz.
Bellingem xuddi bir necha yillik tajribasi bor futbolchilardek yuqori saviyada, o‘ziga ishonch bilan o‘ynamoqda. U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylanish yo‘lida tinimsiz mehnat qilyapti va yaqin kelajakda buning mevasini ham oladi", - dedi Ture.
Oldinroq Bellingem kelasi yozda sotilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Fikrlar