Yaya Ture murabbiy bo‘lmoqchi
"Barselona" va "Manchester Siti" klublarining sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture murabbiy bo‘lishni rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
“Siti”da Xosep Gvardiola bilan mashg‘ulotlardan so‘ng o‘yin tafsilotlarini, u tahlil qilishni yaxshi ko‘radigan vaziyatlarni muhokama qilardik. O‘shanda Pep mening o‘yinni tushunishimni bilgan.
O‘shanda men maydonda murabbiy sifatida nimani o‘ylayotganimni tushunganman. Men o‘z o‘yinimni chuqurroq tushunishga harakat qildim, bu men uchun normal edi.
Roberto Manchini, Manuel Pellegrini, Gvardiola kabi kuchli mutaxassislar qo‘l ostida tarbiyalanganimdan baxtiyorman. Ular maydondagi suhbatlar, futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar juda muhimligini tushuntirishgan”, - dedi Ture.
Fikrlar