Yevropada Oʻzbekistonning uchrashuvi yetti gol bilan yakunlandi
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Vengriya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Bellashuv Vengriyadagi «Aramis» sport zalida bo‘lib o‘tdi va mezbonlar foydasiga 5:2 hisobida yakunlandi.
Uchrashuv boshidanoq o‘zbekistonlik futzalchilar faol o‘yin namoyish etishdi va oltinchi daqiqada Abror Ahmedzjanovning goli orqali hisobni ochishdi. Ortidan ko‘p o‘tmay, bir daqiqadan so‘ng Mate Kovach hisobni tenglashtirdi.
Keyinchalik Vengriya jamoasi safida Mate Yanoš Shüchak, Zoltan Salmash, Chaba Madyari va Matyash Kaytar raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Behruz Samiev gol urib, o‘yinga yakuniy nuqta qo‘ydi — 5:2.
Shu tariqa, vengriyalik futzalchilar ilk o‘yindagi mag‘lubiyat uchun revansh olishdi. Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qo‘zongan edi.
Ikkita o‘rtoqlik bahsi yakuniga ko‘ra, tomonlar bitta dan g‘alabaga erishdi. Endi O‘zbekiston terma jamoasi Amsterdamga yo‘l oladi va u yerda 21 va 22 sentabr kunlari Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi ikki o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar