Yevropaning eng kuchli klubi "Siti" yulduzini sotib olmoqchi
"Shaharliklar" talash bo'lyapti
PSJ Sherkini anchadan beri kuzatib kelmoqda.
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rayan Sherki yana Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqida MatchdayHQ nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ jiddiy qiziqmoqda. Parij klubi Sherkini ancha vaqtdan beri nazorat qilib kelayotgani aytilmoqda.
Agar u moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish atrofidagi vaziyat fonida «Manchester Siti»ni tark etishga qaror qilsa, karerasini davom ettirish uchun eng ehtimoliy variant sifatida aynan PSJ ko‘rilmoqda.
Joriy mavsumda Rayan Sherki «Manchester Siti» tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazdi, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Izohlar (0)