Yigirma bir yoshli bokschi yana chempionlik kamari uchun jang qiladi!
Mashhur promouter Frenk Uorren 21 yoshli britaniyalik Mozes Itaumanning faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatdan so‘ng ringga qaytish muddatini ma’lum qildi.
"Mozes yanvar oyida qaytadi. Agar kelishuvga erisha olsak, u tez orada yana chempionlik unvoni uchun kurashadi", - dedi Uorren "PlayBook Boxing" You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Itauma 29 avgust kuni IBF kamari uchun jangda Filip Hrgovichdan texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar