Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga kim munosibroq? Favoritlar orasida siz kutgan futbolchi yo‘q!

  • 19 noyabr, 2022, 14:27
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram sahifasida yilning eng  yaxshi futbolchisi nominatsiyasida g‘olib chiqishga asosiy da’vogar bo‘lgan 3 futbolchi kim ekanligi haqida yozdi. E’tiborlisi shundaki, uning ro‘yxatida Bobur Abduholiqov, Eldor Shomurodov, Igor Sergeev singari nomlarga joy topilgani yo‘q.

Tecno

" Joriy mavsumda g‘olib nomini aniqlash juda va juda qiyin bo‘lishi aniq. Sababi yaqqol kimdir ko‘zga tashlangani yo‘q. Meni favoritlarim uchta:

oqshaoqshfao

Husniddin Aliqulov - yangi darajaga ko‘tarildi. MTJda eng og‘riqli nuqtaga aylangan pozitsiyani yopib tashladi. "Nasaf" bilan mamlakat kubogini yutdi.

pl34o‘p4o‘lpo‘4

Otabek Shukurov - Bu mavsumda  top-10 chempionatlar sirasiga kiruvchi Turkiya birinchiligida asosiy tarkibda munzatam o‘ynamoqda. U kecha yoki bugun Otabek Shukurov bo‘lib qolmadi. Yillar davomida klassni ushlab turibdi.

jama2

Jamshid Iskanderov - avval aytganimdek "Jama" unikum futbolchi. Joriy mavsumdagi "Navbahor"dagi pod’emda uning mehnati katta.

Nega Belarusda 26 ta gol urgan Bobir Abdiholiqov yo‘q deb hayron bo‘ldingizmi? Fikrimni izohlayman. Shaxsan men hurmat saqlagan holda Belarus birinchiligining darajasi borasida Jaloliddinning fikriga 100 foiz qo‘shilaman. Agar xorijdagi futbolchimizning o‘yini qadrliroq bo‘lsa, Otabek sovringa haqli. Boburdan farqli o‘laroq, "Otash" terma libosida ham yaxshi mavsum o‘tkazdi. U bu yil legionerlarimiz ichida eng katta qadamni tashladi.

Agar O‘zbekiston maydonlariga nazar tashlasak, Superliga tarixidagi eng raqobatbardosh mavsumda Husniddin va Jamshidni alohida e’tirof etish shart.

To‘g‘ri, Bobur 26 ta gol urgandir, ammo u hujumchi. Bu uning asosiy vazifasi. Gollarning soni ko‘zga tashlanishi aniq, ammo himoya va yarim himoyadagi futbolchilarning bajargan katta hajmdagi ishini ko‘rmaslikka olish ham adolatdan emas. Aliqulov himoyachilarning shaxsiy statistikasi borasida uncha-bunchasiga "fora" beradigan mavsum o‘tkazdi.  Ikkinchi qavatdagi kurashlarda g‘alabalari, toza "podkat"lari har doim ham ko‘zga tashlanmaydi. Iskanderov o‘z  o‘yini bilan "Navbahor"ni yangi darajaga olib chiqqani rost. Chempionat va kubokdagi kumushda uning xizmatlari ulkan. "Jama" bu mavsumda "Navbahor"ga bir nechta "katta" o‘yinlarni yutib berdi. Markazni "yondirib" tashladi va stabil mavsum o‘tkazdi.

1 kfq2

Menimcha g‘olibni aniqlash borasida aniq bir mezonni belgilash kerak. Aks holda, hamma o‘z haqiqati bilan adolatning ustida qolaveradi. Bu uchlikdan biri sovrinni yutishi shart! Har holda meni haqiqatim shunday."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jasur Xolmatov
20/11/2022 02:02
Abduvohid nematov
&
Abdulla Hikmatov
19/11/2022 14:50
yaxshi tanlov. Bobur umuman arzimaydi bu sovringa. terma jamoada o'ynamay ham O'zbekistonni eng yaxshi futbolchisi bo'lishi mumkinmi?