Yosh bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 4 ta medal qo‘lga kiritdi
6-12 sentabr kunlari Rossiyaning Chita shahri boks bo‘yicha “Eurasian Dauria Cup” xalqaro turniriga mezbonlik qildi. Ushbu musobaqada 5 nafar yoshlar terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etdilar va turnirni 3 ta oltin va 1 kumush bilan yakunladi.
Oltin medal:
-63 kg. Jahongir Zayniddinov
-75 kg. Alixan Shaxbozov
-86 kg. Asilbek Abdusamadov
Kumush medal:
-71 kg. Diyorbek Murodilloev
Murabbiy: Po‘latjon Shaxbozov.
Hakam: Sheixnazar Karimov
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar