Yosh dzyudchilarimiz Gomel shahrida ko‘plab medallarni qo‘lga kiritishmoqda

  • 27 mart, 2019, 12:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Belarusning Gomel shahrida dzyudo bo‘yicha 2006 yildan 2011 yilgacha tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida «Prayd Kubogi» nomli xalqaro musobaqa davom etmoqda. E’tiborlisi, unda ishtirok etayotgan yosh polvonlarimiz har kuni shohsupaga ko‘tarilishyapti. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning birinchi kun dasturida vakillarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishgan edi. Ikkinchi kun dasturida ham polvonlarimiz muvaffaqiyatli ishtirokni davom ettirib, 1tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega bo‘ldilar. Vakillarimizdan Saidakbar Ma’mirov oltin medal bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuningdek, Muzaffar Tursunov kumush, Mirjahon Sayfidinov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!