Yosh dzyudochilarimiz nufuzli musobaqada 4 ta medal qo‘lga kiritdi

  • 03.03.2026 10:42
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy "Alibeyli Cup II" turniri bo‘lib o‘tdi. 

Nufuzli xalqaro musobaqada O‘lmas Gulliev murabbiyligidagi "Diplomat Judo" klubi tarbiyalanuvchilari yurtimiz sport sharafini himoya qildi. Yakunda Samiyusuf Abbasov (-34 kg) o‘z vazn toifasida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Jasur Aliev (-27 kg) va Muhammadjusuf Beshimov (-30 kg) kumush, Shoxdiyor Umarov (+46 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!