Yosh futbolchi “Barsa”ning eng qimmat o‘yinchisiga aylandi

  • 24.09.2022 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali dunyoning eng qimmatbaho yarim himoyachilari ro‘yxatini yangiladi.

Unga ko‘ra, “Barselona” vakili Pedri, “Borussiya Dortmund” o‘yinchisi Jud Bellingem va “Manchester Siti” futbolchisi Fil Foden dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari sifatida e’tirof etildi.

Mashhur portal yosh o‘yinchilarning har birini 90 million evroga baholamoqda.

Shu tariqa, Pedri “Barselona”ning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!