Yosh futbolchining orzusi ushaldi
“Bavariya” Harri Keynning xet-triki evaziga Germaniya kubogi finalida “Shtutgart” ustidan 3:0 hisobida zafar quchib, Bundesliga chempionligidan keyin yana bir nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.
Jamoaning 22 yoshli oʻyinchisi Aleksandar Pavlovich bolaligidan Germaniya kubogini yutishni istaganini va bu orzusi ushalganidan baxtiyor ekanini aytdi.
- Bu aqlbovar qilmas tuygʻu, juda zavqli. Albatta, bolaligimdan bu haqida orzu qilardim. Endi esa buni har hafta, har oy his qilib kelyapman. Bugun birinchi marta kubokni yutib oldim. Buni soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi. Hatto tasavvur qilganimdan ham yaxshiroq ekan, - dedi Pavlovich.
Pavlovich soʻnggi yillarda oʻz rivojlanishida sezilarli oʻsishga erishdi. Biroq kelasi mavsumda uni yanada katta sinovlar kutmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, tajribali futbolchi Leon Goretska Myunxen klubini tark etgan taqdirda Pavlovich asosiy tarkib futbolchisi sifatida koʻproq masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishiга toʻgʻri keladi.
Bu uning faoliyatidagi muhim sinovlardan biri boʻladi. Ammo futbolchining shu paytgacha uchragan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli engib oʻtganini hisobga olsak, u bu vazifani ham uddalashi mumkin.

Fikrlar