Yosh karatechilarimiz Filippinga jo'nab ketdi
Gʻofurjon Zoʻhidov boshchiligidagi Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi karate-WKF sport turi boʻyicha 14-17 may kunlari boʻlib oʻtadigan nufuzli “Yoshlar ligasi” musobaqasida ishtirok etish uchun Filippinning Manila shahriga joʻnab ketdi.
Quvonarlisi, Toshkent viloyati sportchilari ham ushbu xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi. Xususan, Toshkent tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi, isteʼdodli karatechi Saidkamol Adilov ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi. Sportchimiz musobaqaga murabbiy Dilshod Yusupov rahbarligida tayyorgarlik koʻrdi.
.jpg)
Yoshlarimizga mazkur musobaqada omad va zafarlar tilaymiz!

Fikrlar