Yosh kurashchilarimiz Osiyoda ikkinchi bo‘lishdi
Vьetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi davom etadi. Ortda qolgan yunon-rum va qizlar kurashi bahslarining navbatdagi kunida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
-80 kg: Abdulaziz Xolmirzaev
Kumush medal:
-65 kg: Sardor Mahmudov
Bronza medal:
-71 kg: Qodirjon Fozilov
-40 kg: Zaytuna Saparova
-61 kg: Siysagul Sarsenbaeva
Yakunda 161 ochko jamg‘argan yunon-rum kurashchikarimiz umumjamoa hisobida Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Fikrlar