
Yosh og‘ir atletikachilarimiz qit’a birinchiligini oltita medal bilan boshlashdi
Qatarda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Hamyurtlarimiz ortda qolga kun 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Barcha medallarga -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan qizlarimiz mualliflik qilishdi.
Oltin medal:
-59 kg: Marjona Abdullaeva (o‘smirlar, dast ko‘tarish)
-59 kg: Marjona Abdullaeva (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
-59 kg: Marjona Abdullaeva (o‘smirlar, ikki kurash)
Kumush medal:
-59 kg: Nigora Abdullaeva (yoshlar, dast ko‘tarish)
-59 kg: Nigora Abdullaeva (yoshlar, ikki kurash)
Bronza medal:
-59 kg: Nigora Abdullaeva (yoshlar, siltab ko‘tarish)
Fikrlar