Yosh short-trekchimiz Osiyo ochiq kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi

  • 19.08.2026 16:47
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu kunlarda Hindistonning Dehradun shahrida short-trek bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan yosh sportchimiz Alisher Mahmudov sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Hamyurtimiz 1000 metr masofaga kechgan poygalarda 28 ishtirokchi orasida ikkinchi natijani qayd etdi va kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, oltin va bronza medallari mezbon sportchilarga nasib etgan.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!