Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

Yosh trampolinchilarimiz jahon chempioni bo‘lishdi

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Hozircha hisobimizda 2 ta oltin bor.

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida trampolin bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 11-12 yosh toifalarida kechgan batutda sinxron sakrash dasturida hamyurtlarimiz Firdavs Ibragimov hamda Sardor Muhammadiev eng yuqori natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, ushbu yosh toifasining akrobatik yo‘lakcha dasturida Serdan Shodiev ham jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim qildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q