Yosh vuderkindni 12 tadan ortiq klub ijara olmoqchi
Turli mamlakatlar ligalarining 12 tadan ortiq klubi «Arsenal» yarim himoyachisi Maks Doumanni mavsumning ikkinchi qismida ijaraga olish masalasida so‘rov yubordi.
Sentyabr oyi boshida «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Douman qishki transfer oynasida ijaraga ketishi mumkinligini tasdiqlagan edi.
Arteta Doumanning «Arsenal» asosiy jamoasida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkoniyatlari juda yuqori raqobat sabab cheklanganini tushunadi. Shuning uchun boshqa klubga ijaraga berish 16 yoshli angliyalik futbolchining rivojlanishini davom ettirishiga yordam beradigan mantiqiy qaror sifatida ko‘rilmoqda.
Artetaning ommaviy bayonoti Premier-liga, Chempionship va Liga 1 klublari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular «Arsenal» vunderkindi ijaraga olish uchun navbatga turdi.
Masalan, «Koventri» Doumanga Premier-ligada o‘yin amaliyotini ta’minlashga tayyor. Chempionshipda esa Maksni «Börnli», «Norvich» va «Vulverxempton» klublari o‘z safida ko‘rishni istaydi.
Liga 1da Doumanga «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Jek Uilshir boshqarayotgan «Luton» da’vogarlik qilmoqda.
TEAMtalk qo‘shimcha qilishicha, Doumanga qiziqish Angliya bilan cheklanmaydi. Shotlandiyaning «Seltik» va «Reyndjers» klublari ham Maksni ijaraga olishni xohlamoqda.

Fikrlar