Yosh xokkeychilarimiz jahon chempionatini ajoyib g'alabalar bilan boshlashdi
Gonkongda xokkey bo‘yicha U-18 yosh toifasidagi jahon chempionati III divizion “A” guruhidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta yirik g‘alabaga erishdi.
Dastlab mezbonlarni 6:2 hisobida mag‘lub etgan yigitlarimiz 2-turda Yangi Zelandiyani 13:2 hisobida dog‘da qoldirishdi. Hozirda hamyurtlarimiz 6 ochko bilan peshqadamlik qilishmoqda.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar