Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
Tailandning Pattaya shahrida U-15 va U-20 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatiga start berildi. Ayni paytda U-15 yosh toifasida yunon-rum kurashi bahslari yakuniga yetdi.
Unda o'zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Oltin medal:
-38 kg: Abubakr Qurbanov
-41 kg: Mahmudjon Ahmedov
-44 kg: Bobur Sayfulloev
Kumush medal:
-68 kg: Ruslan Ovezmuratov
Bronza medal:
-48 kg: Mirislom G'ofurov
-52 Abdulaziz Xotamov
-62 kg: Behruz Abdupattoev
-85 kg: Temur Uralov
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar