Yosinbek Odilov – jahon chempioni!
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi taekvondo WT bo‘yicha Toshkent-2026 Jahon chempionatida ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi. -48 kg vazn toifasidagi vakilimiz Yosinbek Odilov musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Yosinbek final bahsida Ummon vakili Dovud Al-Yusufi bilan bahs olib bordi. Quvonarlisi, mazkur qarama-qarshilikda hamyurtimizning qo‘li baland keldi — 2:0 (5/1, 11/9)!
Yosinbek Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalini qo‘lga kiritdi. Hozirda hisobimizdagi medallar soni 2 tani tashkil etmoqda: 1 ta oltin va 1 ta kumush.

Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Fikrlar